Butunjaxon atrof-muhit kuniga bag‘ishlangan tadbirni tashkil etildi

Bugun “Tabiatga imkon bering” loyihasi Toshkent shahridagi MediaPark Qoratosh savdo majmuasida 5-iyun — Butunjaxon atrof-muhit kuniga bag‘ishlangan tadbirni tashkil etdi.

Unda Abdurashid Yo‘ldoshev, Via Maroqand guruhi, Umar Shamsiyev va bir qator san’atkorlar ishtirok etishdi, turli viktorinalar va ekolotoreya o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Ekolotoreyada eski texnikani 29-maydan 4-iyunga qadar “Tabiatga imkon bering” loyihasi qabul punktlariga topshirib, MediaPark’dan yangi texnikani xarid qilishga chegirmali kupon olganlar ishtirok etdi. G‘oliblarga LED televizor, changyutgich va mikroto‘lqinli pech sovg‘a qilindi.

Shuningdek, atrof-muhitni asrashga oid viktorinalar o‘tkazildi. Unda faol ishitirok etgan hamda to‘g‘ri javob berganlarga mayda maishiy texnikalar taqdim etildi. Bolakaylarga esa kitoblar va o‘yinchoqlar topshirildi.

“Tabiatga imkon bering” loyihasida ishtirok eting va tabiatni asrashga o‘z hissangizni qo‘shing.