Loyiha haqida

Taraqqiyot va yutuqlarga erishish davrida turli xil elektron qurilmalar va xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarish yuqori suratlar bilan rivojlanmoqda. Bugungi kunda, bizga odat bo‘lib qolgan ofis, ishdagi elektronikasiz hayotni tasavvur qilish qiyin.
Yirik elektronika kompaniyalari katta raqobat sabab, har kuni yangi va raqobatbardosh elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishadi. Bu esa o‘z navbatida eski texnikalar chiqindisi hajmini oshiradi.
Elektron chiqindilarni qayta ishlash va keyinchalik ularga ishlov berish — bu muammoning asosiy yechimi hisoblanadi.
Shuningdek, ishdan chiqqan elektrotexnika qurilmalarini qayta ishlash, odamlar uchun yangi texnikalarning paydo bo‘lishiga, zamonaviylarini bemalol xarid qilishga va eskisini qanday bartaraf qilish haqida bosh qotirmaslikka yordam beradi.
Tabiatni asraymiz — hayotni saqlaymiz.

Bugungi kunda yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarining hech biri rangli va Yerda kam uchraydigan metall xomashyolarsiz faoliyat olib bora olmaydi. Shu bilan birga, ushbu xomashyo resurslari o‘ta cheklangani va tabiatda qayta tiklanmasligi faktini inobatga olsak, ulardan qayta foydalanish masalasi butun dunyoda juda muhim hisoblanadi.
Ularni saqlash va ularga bo‘lgan talabni hech bo‘lmaganda qisman qoplash uchun tarkibida ushbu xomashyolar mavjud bo‘lgan chiqindilarni oqilona qayta ishlash kerak bo‘ladi. Harakatlar davomidagi yana bir muhim vazifa esa — ikkilamchi xomashyoni qayta ishlab, ish kuchi hamda moddiy resurslarni sezilarli tejash.
Shuning uchun, yurtimizda ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash loyihasini ishga tushirish bugungi kunda birinchi navbatdagi masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois, O‘zbekistonda ilk bor elektrotexnika chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha dastur ishlab chiqildi.
XII “O'zikkilamchiranglimetall” AJ loyihasi “Tabiatga imkon bering” brendi nomi ostida O‘zbekistonda faoliyatini boshladi.
1. Buning uchun “TOSHRANGMETZAVOD RECYCLING” MChJ tashkil etildi va u elektrotexnika chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha XII “O'zikkilamchiranglimetall” AJ bilan O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining hamkorlikdagi dasturi faoliyatini, hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ibragimov G‘. tomonidan tasdiqlangan “Kompleks chora-tadbirlar”ni amalga oshiradi;
2. “TOSHRANGMETZAVOD RECYCLING” MChJning asosiy vazifalaridan biri — yuridik shaxslar va davlat tashkilotlariga elektrotexnika chiqindilarini yo‘q qilish hamda qayta ishlashda yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Bunda ishlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan, atrof-muhitni qattiq chiqindilar bilan zararlanishi oldini olish tartibida amalga oshiriladi.